Jahon | 20:09 / 02.11.2016
3094
1 daqiqa o‘qiladi

Germaniya qochqinlarga qo‘shimcha 2,6 mlrd yevro ajratadi

Foto: © APA

Germaniya hukumati qochqinlar ehtiyojlariga federal yerlarga 2,6 mlrd yevro qo‘shimcha mablag‘ ajratmoqda, deb xabar bermoqda Germaniya moliya vazirligiga iqtibos keltirgan holda Deutche Welle nashri.

Ta'kidlanishicha, mablag‘lar 2016 yil byudjyetida hisobga olingan maxsus zaxiralardan ajratiladi. 

2015 yil sentabrdan beri Berlin federal yerlarga bir qochqinga bir oyga 670 yevro hisobidan mablag‘ ajratadi. 2016 yilda bu maqsadlar uchun 6,9 mlrd yevro ajratish ko‘zda tutilgandi, qo‘shimcha mablag‘ bilan bu qiymat 9,5 mlrd yevroga yetadi. Germaniya hukumati shuningdek 2017 yilda federal yerlarga qochqinlarni saqlash uchun avval rejalashtirilgan 5,72 mlrd yevroga qo‘shimcha 1,16 mlrd yevro ajratishga qaror qildi.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid