Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
WP: ku-kluks-klanning rasmiy nashri Trampni qo‘llab-quvvatladi
AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Donald Trampni qo‘llab-quvvatlagan kam sonli AQSh gazetalari orasidan qora tanlilarga qarshi chiquvchi ku-kluks-klan tashkilotining rasmiy gazetasi "Salb yuruvchisi" nashri alohida ajralib turadi, deb yozmoqda The Washington Post.
Trampning saylovoldi shioriga monand "Amerikani yana buyuk qilamiz" sarlavhasi ostida chiqqan maqola nashrning bosh sahifasida joylashtirildi. Unda maqola mualliflari AQShning buyukligi borasida fikr yuritishgan.
"Tramp Amerikani yana buyuk qilmoqchi bo‘lgan bir paytda, biz o‘zimizdan "Amerikani birinchi navbatda nima buyuk qiladi?" deb o‘zimizdan so‘rashimiz kerak", deb yozadi nashr.
Gazeta mualliflarining fikricha, bunga qisqa javob "Amerika bizning ajdodlar amalga oshirgan ishlar bilan emas, balki ajdodlarimiz kim bo‘lgani bilan buyukdir" degan g‘oyadan iboratdir.
WP’ning ta'kidlashicha, Tramp vakillari bu maqolaga "keskin va tezda" munosabat bildirishgan.
"Janob Tramp va uning shtabi istalgan shakldagi adovatni rad etadi. Bu maqola bezituvchidir, undagi fikrni Trampning AQShdagi o‘n millionlab tarafdorlari qo‘llab-quvvatlamaydi", deb ma'lum qilindi nomzod shtabida.
Joriy yilning iyulida Saturday Night Live hajviy shousida Trampning ku-kluks-klan tarafdorlari tomonidan qo‘llab-quvvatlangani taqlidiy videosi namoyish ham qilingandi.