Afg‘onistonda tinch aholining o‘nlab vakillari mamlakat shimoli-sharqida amalga oshirilgan havo zarbalari oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda politsiyaga asoslanib, Pajvok agentligi ma'lum qilgan.
Agentlik ma'lumotiga ko‘ra, 3 noyabrga o‘tar kechasi Qunduz viloyati hududida amaliyot o‘tkazilgan.
Qurbonlar soni kamida 30 nafar, yana 25 kishi jarohatlangan. Jabrlanuvchilar orasida ayollar va bolalar ham bor. Shuningdek, o‘nlab uylar vayron bo‘lgan.
Frans Press agentligi xabariga ko‘ra, NATO harbiylari "Tolibon" pozitsiyalariga bergan zarbalardan biri natijasida 2 nafar amerikalik askar ham halok bo‘lgan. Ular hududda tozalash ishlari olib borayotgandi.