Ötgan haftada ham Qunduzdagi şialar masjidlaridan birida juma namozi vaqtida terrorçi xudkuş özini portlatişi oqibatida 50 kişi halok bölgan - bu amerikaliklar avgust oyi oxirida mamlakatni tark etganidan buyon sodir etilgan eng yirik teraktga aylangandi.
Bu safargi portlaş ham terrorçi xudkuş özini portlatişi oqibatida sodir etilgani istisno qilinmayapti.
Guvohlar «Frans press» agentligiga uçta portlaş ovozini eşitişgani haqida aytişgan: ularning sözlariga köra bir portlaş Bibi-Fotima masjidiga kiriş qismida, boşqasi masjidning janubiy qismida, uçinçisi - masjid tahoratxonasida röy bergan.
«Frans press»ning Qandahordagi korrespondenti xabar berişiça, portlaş röy bergan vaqtda masjid hududida odam köp bölgan. Voqea joyiga kamida 15ta «Tez yordam» maşinasi yetib kelgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda masjid içkarisida köplab jasadlar va jarohatlangan namozxonlar yotgani aks etgan videoyozuvlar tarqalgan.
«Tolibon» harakati vakillari ham voqea joyiga yetib kelişgan, ular mahalliy aholini jabrlanuvçilar uçun qon topşirişga çaqirişmoqda.
Toliblar vakili Qori Said Xöstiy hozirda masjidga qilingan hujum tafsilotlari örganilayotganini ma'lum qilgan.

8 oktabr kuni Qunduzda sodir etilgan portlaş uçun javobgarlikni «IŞID-Xuroson» guruhi öz zimmasiga olgandi.
Asosan sunniylar yaşovçi Afğonistonda diniy ozçilikni taşkil etuvçi şialar IŞID uçun nişonga aylangan. Afğon şialarining aksar qismi - forsiy tilida sözlaşuvçi hazoriylardir.
Eronning Afğonistondagi elçixonasi Qandahordagi hujumni keskin qoraladi.
«Umid qilamizki, «Tolibon» yetakçilari vahşiylarça amalga oşirilgan uşbu terrorçilik hujumiga qarşi qat'iy harakatlarni amalga oşiradi», deyiladi elçixonaning tvitterdagi xabarida.
IŞIDning Afğonistondagi bölinmasi hisoblanuvçi «IŞID-Xuroson» «Tolibon»ga qarşi turmoqda va sönggi haftalarda mamlakatning şarqiy hududlarida toliblarga qator hujumlar uyuştirdi.
Bu guruh yaqin ötmişda ham Afğonistondagi diniy ozçilik hisoblangan şialarga qarşi köplab hujumlar uyuştirgan: xudkuş terrorçilar masjidlar, sport klublari va maktablarni portlatgan. Sönggi haftalarda işidçilar toliblarga hujumlar kampaniyasi olib bordi.








