Afğonistonning ikkinçi eng yirik şahri toliblar qöliga ötgani mustaqil manbalar tomonidan tasdiqlanmagan, ammo ijtimoiy tarmoqlarda toliblarning uşbu şahar köçalarida yurgani aks etgan roliklar tarqalgan.
Qandahorning egallanişi «Tolibon» uçun navbatdagi strategik muhim ğalaba böladi. Harakat qöşinlarining muvaffaqiyatli yurişlari davom etmoqda. Ayni vaqtda mamlakat ğarbida joylaşgan yana bir yirik şahar Hirot qamal holatida, şahar uçun bir neça kundan buyon janglar davom etmoqda.
Bugun kun davomida toliblar poytaxt Kobul şahri yaqinidagi Ğazni şahrining katta qismini zabt etişgani haqida ma'lum qilingandi. BBC’ning şahar kengaşidagi manbasi xabariga köra, afğon xavfsizlik kuçlari faqat şahar taşqarisidagi politsiya bazasini nazoratida saqlab qolmoqda.
Afğon xavfsizlik xizmati xodimlari Ğazni viloyati gubernatorini hududni öz ixtiyori bilan toliblarga topşirişda ayblab qölga olgan. Gubernatorning qölga olinişi hozirgi uruşdagi ilk pretsedent böldi.
Kuzatuvçilar Ğaznining egallanişi «Tolibon»ning Kobulga hujum qilişini tezlaştirişidan xavotirlanişmoqda.
Ayni vaqtga kelib mamlakatdagi 34 viloyatning qariyb uçdan bir qismi (10) «Tolibon» qöliga ötib böldi.

AQŞ harbiylari Afğonistondan bosqiçma-bosqiç olib çiqilişi fonida mahalliy hukumat birin-ketin katta hududlarni boy berdi.
11 avgust kuni Qandahorda ham şiddatli janglar bölib ötgan, toliblar şahar qamoqxonasi egallanganini aytişgan, ammo bu tasdiqlanmagan.
Janubdagi Hilmand viloyati markazi Laşkargohda esa jangarilar politsiya ştab-kvartirasini egallab olgani töğrisida xabarlar tarqalgan.
Hirotda şahar taşqarisidagi himoya tösiği yorib ötilgan va toliblar endilikda gubernator qarorgohini qamal qilmoqda.












