Jahon | 15:38 / 03.11.2016
6390
1 daqiqa o‘qiladi

Atambayev: ShHT mustahkam bo‘lsa, dunyo barqaror bo‘ladi

Foto: president.kg

Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida prezident Almazbek Atambayev ShHT mamlakatlari hukumat rahbarlarini qabul qildi, deb xabar qilmoqda Qirg‘iz Respublikasi prezidenti matbuot xizmati. 

Uchrashuv qatnashchilari ShHTga a'zo davlat hukumat rahbarlari Kengashining bo‘lajak majlisi kun tartibini hamda ko‘ptomonlama hamkorlikni chuqurlashtirish masalalarini muhokama qilishgan. 

Qirg‘iz Respublikasi prezidenti Almazbek Atambayev yig‘ilganlarni iliq kutib olgan va tashkilot a'zolari hukumat rahbarlari Kengashining 15-yubiley majlisida ishtirok etayotganlari uchun minnatdorlik bildirgan. 

"Men sizlarni ko‘rganimdan xursandman. Biz barchamiz birgalikda katta ishlarni amalga oshiramiz. ShHT qanchalik mustahkam bo‘lsa, dunyo shu qadar barqaror bo‘ladi", – deya ta'kidlagan Almazbek Atambayev.

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid