Bishkek: Prezident Poroshenko bilan kimdir hazillashgan
Qirg‘iziston prezidenti ma'muriyati mamlakat rahbari Almazbek Atambayevning Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko bilan telefon orqali muloqoti bo‘lganini rad etdi. Bu haqda Ukraina davlat rahbari matbuot xizmati xabar qilgan. Rasmiy Bishkekning fikricha, Poroshenko g‘arazgo‘y hazilining qurboni bo‘lgani ehtimol, deb yozmoqda AKIpress.
«Bu xabar ishonchli emas. Ehtimol, Ukraina yetakchisi bilan kimdir hazillashgan», — degan Qirg‘iziston prezidenti apparati tashqi siyosat bo‘limi rahbari Sapar Isakov.
Avvalroq, Pyotr Poroshenko saytida prezident Atambayev bilan telefon muloqoti o‘tkazilgani haqida e'lon qilingan edi. U mazkur xabar yozilayotgan vaqt (Toshkent vaqti bilan 3 noyabr, soat 9:00)da ham Ukraina davlat rahbari saytidan olib tashlanmagan. Ayni chog‘da, Poroshenkoning qirg‘izistonlik hamkasbi saytida bu haqda lom-mim deyilmagan.
Mavzuga oid
17:30 / 14.11.2024
Qirg‘iziston Issiqko‘lni saqlab qolish uchun qo‘shnilarga kamroq suv berishi mumkin
17:24 / 14.11.2024
The Times: Kiyev bir necha oy ichida oddiy atom bombasini yaratishi mumkin
16:08 / 14.11.2024
Blinken: AQSh Tramp kelishidan oldin Ukrainaga yordamni kuchaytiradi
22:44 / 13.11.2024