Fan-texnika | 12:13 / 03.11.2016
8218
2 daqiqa o‘qiladi

Hyundai Ioniq dunyodagi eng tez gibrid avtomobil bo‘ldi

Bonnevil tuz ko‘lida Hyundai Ioniq gibridi tezlik rekordini o‘rnatdi va seriyali model negizida qurilgan dunyodagi eng tez gibrid avtomobil bo‘ldi. Ikkita zayezd natijasiga ko‘ra, avtomobilning o‘rtacha tezligi 253,9 km/soatni, maksimal tezligi esa 258,6 km/soatni tashkil qildi. Ushbu rekord natija FIA tomonidan qayd qilindi.

Seriyali Hyundai Ioniq tarkibiga 1,6 litrli benzinda ishlovchi, 105 ot kuchiga ega dvigatel va 43,5 ot kuchiga ega elektrodvigatel kiruvchi kuch qurilmasi, litiy-polimer akkumulyatorlar va olti pog‘onali robotlashtirilgan uzatmalar qutisi bilan jihozlanadi. Bunday avtomobil 0 dan 96 km/soat tezlikkacha 10,8 soniyada erishadi. Uning maksimal tezligi 185 km/soatni tashkil qiladi.

Muhandislar mashinaning poyga versiyasini yaratishda havoni sovitish tizimini va boshqa qo‘shimcha qurilmalarni olib tashlab, yangi kiritish-chiqarish tizimini o‘rnatishdi, motor va uzatmalar qutisini boshqarish elektron blokini qayta dasturlashdi hamda azot zakisi tizimini qo‘shishdi.

Shuningdek, podveska qayta ishlandi, xavfsizlik karkasi, o‘t o‘chirish tizimi, olti nuqtali xavfsizlik kamari "kovshi" va avtomobilni sekinlatuvchi parashyut o‘rnatildi. 

Mavzuga oid