“Ayollar uçun yilning eng yaxşi avtomobili” (Women's World Car of the Year 2017) tanlovi 2017 yilning ğoliblarini e'lon qildi.
Uşbu tanlovda an'anaviy ravişda 6 ta: yöltanlamas, oilaviy maşina, hamyonbop maşina, ekologik toza maşina, sport va qimmatbaho maşinalar yönalişlari böyiça 420 ta model iştirok etdi. Ovoz berişda 25 ta davlatdan avtomobillar sohasini yorituvçi OAVda işlaydigan ayollar iştirok etdilar.
Joriy yilda Hyundai Ioniq gibrid maşinasi ayollar uçun yilning eng yaxşi avtomobili deb topildi. Uşbu avtomobil ötgan yil Jyeneva avtosalonida ommaga taqdim qilingandi. Model uç variantda taklif etiladi: klassik gibrid, maişiy elektr tarmoğidan quvvatlaniş imkoniyatiga ega bölgan gibrid va töliq elektrik körinişda. Qulaylik uçun maşinaning barça uç modifikatsiyasi bir modifikatsiya sifatida qaralgan.

Qolgan yönalişlar böyiça ğoliblar quyidagiça köriniş oldi:
“Eng hamyonbop avtomobil” – Ford Fiesta
“Oilaviy avtomobil” – Mazda CX5
“Eng haşamatli avtomobil” – BMW 5-seriyasi
“Eng yaxşi krossover” – Peugeot 3008
“Ekologik toza avtomobil” – Hyundai Ioniq
McLaren 720S ayollar orzusidagi avtomobil deb topildi.
2016 yilda ayollar uçun yilning eng yaxşi avtomobili sifatida Jaguar F-Pace krossoveri e'tirof etilgandi.





