Joriy yilning 9 oyi davomida benzinda harakatlanadigan avtomobillar importi 28 foizga kamaygan.
Bojxona qömitasiga köra, yengil avtomobillar 2023 yilda 55 ming 550 dona, import qilingan bölsa, joriy yilda 54 ming 287 dona mamlakatga olib kirilgan. Bu ötgan yilning mos davriga köra, 1263 taga kam.
Benzinda harakatlanuvçi yengil avtomobillar joriy yilda 26 ming 246 dona import qilingan. Bu ötgan yilning mos davriga soliştirganda 10 ming 252 taga kam.
Benzin va elektrda (gibrid) harakatlanuvçi yengil avtomobillar importi joriy yilda 11 ming 425 dona import qilingan bölsa, bu ötgan yilning mos davriga nisbatan 49 foizga (3 ming 775 ta) ortgan.
Elektrda harakatlanuvçi yengil avtomobillar importi ham ortgan. Joriy yilda 16 ming 209 dona elektromobil import qilingan bölib, bu ötgan yilgidan 48 foizga (5 ming 292 ta) köp.







