Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Narimon Umarov saylovchilar bilan uchrashish maqsadida Farg‘ona viloyatida bo‘ldi
O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Narimon Umarov 3 noyabr kuni Farg‘ona viloyati saylovchilari bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Uchrashuvni xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi deputati Sh.Karimov ochdi. Prezidentlikka nomzodning ishonchli vakili M.Xoldorov yig‘ilganlarni nomzodning tarjimai holi bilan tanishtirdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Narimon Umarov o‘z saylovoldi dasturi yuzasidan ma'ruza qildi.
Nomzod o‘z ma'ruzasida viloyat ahlining mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik va yaratuvchanlik ishlaridagi hissasi haqida gapirar ekan, shahar va tumanlarda barpo etilgan ko‘rkam binolar, sport inshootlari, sanoat korxonalari, zamonaviy ta'lim va tibbiyot muassasalari, yangi ko‘chalar viloyat ko‘rkiga ko‘rk qo‘shish bilan birga, aholining turmush farovonligini yuksaltirishga xizmat qilayotganini ta'kidladi.
Nomzodning saylovoldi dasturida "Ijtimoiy tenglik – teng huquq va teng mas'uliyat demakdir", degan tamoyilga tayangan holda fuqarolarning siyosiy, huquqiy va ijtimoiy tengligi, har bir fuqaro qobiliyati va malakasidan kelib chiqqan holda mehnat qilishi kafolatlanadigan, mehnatining miqdori va sifatiga munosib ish haqi va hayot darajasiga erishishi uchun keng va teng imkoniyatlar yaratilgan ijtimoiy davlat qurish g‘oyasi ilgari surilgan. Fuqarolik jamiyati institutlarining davlat va jamiyat hayotidagi o‘rni va rolini yanada kuchaytirish, parlamentarizmni rivojlantirish, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatiga oshkoralik, ochiqlik va hisobdorlik tamoyillarini keng joriy etishga alohida e'tibor qaratilgan.
Videokonferensiya tarzida o‘tkazilgan uchrashuvda Farg‘ona shahridagi 44-maktabgacha ta'lim muassasasi mudirasi D.Bo‘ribekova, Farg‘ona politexnika instituti o‘qituvchisi Sh.Abbosova, Farg‘ona davlat universiteti qoshidagi 2-akademik litsey direktori F.Abdullazov, viloyat perinatal markazi akusher-ginekologi R.Sulaymonova va boshqalar nomzodning saylovoldi dasturi haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Saylovchilarni 2016 yil 4 dekabrda o‘tkaziladigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida faol ishtirok etishga chaqirdi.
Mavzuga oid
20:57 / 19.11.2021
“Davlat tili to‘g‘risida”gi qonun qayerda? - Senatorlar o‘zlari 5 oy oldin ma'qullagan qonunni eslolmayapti
12:01 / 31.07.2021
«Eski gap, eski tog‘ora» – senator Narimon Umarov Ekologiya qo‘mitasi hisobotini tanqid qildi
17:31 / 24.04.2021
O‘zbekistonda 2020 yilda qidiruvga berilgan shaxslarning 75 foizi ushlanmagan - senator
12:13 / 01.01.2021