O‘zbekiston | 15:49 / 03.11.2016
3807
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda O‘zbekiston-Polsha biznes-forumi o‘tkaziladi

Joriy yilning 7 noyabr kuni Toshkentda O‘zbekiston-Polsha biznes-forumi va kooperatsion birjasi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda UzDaily xabar berdi.

Polsha ishbilarmon doiralari delegatsiyasi O‘zbekistonga 2016 yilning 7-9 noyabr kunlari tashrif buyuradi. Mazkur tashrif O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi hamda Polsha Savdo-sanovt palatasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Tashrifdan asosiy maqsad ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, hamda Toshkent va Samarqandda O‘zbekiston-Polsha biznes-forumi va kooperatsion birjasini tashkillashtirishdir.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid