Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amerika maktablarining birida o‘quvchilarni "tiriklayin ko‘mishdi"
Foto: popsugar.com
Brodxed (AQSh)da o‘rta maktab o‘quvchilariga ertalabki yig‘ilish chog‘ida to‘rt nafar maktab o‘quvchisi YTH natijasida halok bo‘lganini xabar berishdi. Maktab ma'muriyati halokatga haydovchi rulda telefondan foydalangani sabab bo‘lganini ma'lum qilishdi. Bu haqida Washington Post xabar qiladi.
— Men juda xafa bo‘ldim. Maktabimiz kichik bo‘lgani uchun barcha halokatga uchragan bolalar kimligini yaxshi bilar edi, — deydi maktab o‘quvchilaridan biri.
Fojia haqida eshitgach, bolalar ota-onalariga telefon qilib, xabar yubora boshlashdi.
Biroq voqea butunlay o‘zgacha tus oldi. Barcha ko‘z yosh to‘kib, vahima qila boshlaganidan so‘ng,o‘quvchilarning halok bo‘lganini xabar qilgan kishi bu bor-yo‘g‘i "maktab chaqiruvi" ekanini aytib o‘tdi — shu tariqa ma'muriyat o‘quvchilarni mashina haydash chog‘ida telefonlardan foydalanish xavfi haqida ogohlantirmoqchi bo‘ldi.
Aslida hech qanday avtohalokat sodir bo‘lmagan. To‘rt o‘quvchi ham tirik va sog‘: keyinroq ma'lum bo‘lishicha, ularga xabar rost bo‘lib ko‘rinishi uchun do‘stlarning qo‘ng‘irog‘iga javob bermay turishi tayinlangan.
Biroq bolalarning ota-onasi va o‘quvchilar o‘rtasida xavfsizlik haqida tushuntirishda bunday usullardan foydalanish nechog‘lik to‘g‘ri ekani to‘g‘risida muzokaralar kelib chiqdi.
Maktab rahbariyati yolg‘on chaqiruv noqulaylik keltirib chiqargani uchun uzr so‘radi.
O‘z navbatida o‘quv kengashi vakili Miranda Rayzer ma'muriyat tashabbusini to‘liq qo‘llab-quvvatladi.
"Agar ular o‘quvchilarga ma'lumotni oddiy usul bilan yetkazishga urinishganida hech kim quloq solmagan va hatto e'tibor ham qilmagan bo‘lar edi", — deydi Rayzer.
Mavzuga oid
15:29 / 24.12.2025
10 000 mA·soat, ventilyator va flagman chip: Honor Win nimasi bilan shov-shuv bo‘lmoqda?
15:38 / 22.12.2025
Farg‘onada ikki avtomobil to‘qnashishi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi
12:12 / 21.12.2025
Toshkentda avtobus haydovchisi o‘z ehtiyotsizligi oqibatida halok bo‘ldi
14:23 / 20.12.2025