Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Assanj AQShdagi saylovda Klinton g‘alaba qozonishini prognoz qildi
WikiLeaks'ning bosh muharriri Julian Assanj AQShda Donald Trampning prezident bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmasligini aytdi. Bu haqida u RT nashriga bergan intervyusida ma'lum qildi.
"U isteblishmentning barcha guruhlarini o‘zidan itardi, injilchilar bundan mustasno (agar ularni isteblishment deyish mumkin bo‘lsa). Banklar, razvedka, harbiy-sanoat kompaniyalari, yirik xorijiy kompaniyalar va boshqalar - barchasi Hillari Klinton atrofiga birlashib olgan. Ommaviy axborot vositalari haqida ham shunday deyish mumkin. OAV egalari va hattoki oddiy jurnalistlar ham Klintonni qo‘llab-quvvatlashmoqda", - deya izoh berdi Assanj.
Bundan avval Assanj Hillari Klintonning elektron maktubi haqida ma'lumot bergandi. Unda AQSh prezidentligiga Demokratlar partiyasi nomzodi IShIDning Saudiya Arabistoni va Qatar hukumatlari tomonidan moliyalashtirilayotganini bilishini tan olgan. Shuningdek Assanj Klinton davlat kotibi bo‘lgan paytlarda AQSh Saudiya Arabistoni bilan qurol sotuvi bo‘yicha tarixdagi eng yirik bitimni imzolaganini yodga solgan.
Mavzuga oid
09:01
AQSh Adliya vazirligi Epshteyn ishi bo‘yicha 3 mln sahifadan ortiq materialni e’lon qildi
23:40 / 30.01.2026
Panama kanali Xitoy kompaniyasidan olib qo‘yildi
22:43 / 30.01.2026
BMT «muqarrar moliyaviy inqiroz» xavfi ostida ekani ma’lum bo‘ldi
16:08 / 30.01.2026