WikiLeaks'ning boş muharriri Julian Assanj AQŞda Donald Trampning prezident bölişiga yöl qöyilmasligini aytdi. Bu haqida u RT naşriga bergan intervyusida ma'lum qildi.
"U isteblişmentning barça guruhlarini özidan itardi, injilçilar bundan mustasno (agar ularni isteblişment deyiş mumkin bölsa). Banklar, razvedka, harbiy-sanoat kompaniyalari, yirik xorijiy kompaniyalar va boşqalar - barçasi Hillari Klinton atrofiga birlaşib olgan. Ommaviy axborot vositalari haqida ham şunday deyiş mumkin. OAV egalari va hattoki oddiy jurnalistlar ham Klintonni qöllab-quvvatlaşmoqda", - deya izoh berdi Assanj.
Bundan avval Assanj Hillari Klintonning elektron maktubi haqida ma'lumot bergandi. Unda AQŞ prezidentligiga Demokratlar partiyasi nomzodi IŞIDning Saudiya Arabistoni va Qatar hukumatlari tomonidan moliyalaştirilayotganini bilişini tan olgan. Şuningdek Assanj Klinton davlat kotibi bölgan paytlarda AQŞ Saudiya Arabistoni bilan qurol sotuvi böyiça tarixdagi eng yirik bitimni imzolaganini yodga solgan.












