Sport | 09:21 / 04.11.2016
4751
2 daqiqa o‘qiladi

Yevropa ligasi. «MYu» Turkiyada yutqazdi

Foto: UEFA Europa League

Yevropa ligasi guruh bosqichining 4-turidan o‘rin olgan o‘yinda «Manchester Yunayted» Turkiyaga sayohat qilib, «Fenerbahche» mehmoni bo‘ldi.

2-daqiqadayoq mezbonlar Sou darvozaga orqa qilib turgan holda zarba berib urgan gol evaziga oldinga chiqib olishdi. 59-daqiqada Lens jarima zarbasini aniq bajarib, hisobdagi farqni oshirdi.

O‘yinning so‘nggi daqiqasida Runi gol urib, farqni qisqartirdi - 1:2.

Bu hisob o‘yin tugagunga qadar o‘zgarmadi va «MYu» mag‘lubiyatga uchradi.

Guruhning boshqa bir uchrashuvida Ukrainaning «Zarya» jamoasi Niderlandiyaning «Feyyenoord» jamoasi bilan 1:1 hisobini qayd etdi. 15-daqiqada mehmonlar Nikolay Yorgensenning goli evaziga hisobni ochdi. Birinchi bo‘lim oxirida mehmonlar bir kishi kam bo‘lib qolishdi — Erik Fernando Bottegin ikkinchi sariq kartochkani oldi. U ishlatgan qo‘pollik tufayli «Zarya» penalti tepish huquqiga ega bo‘ldi — nuqtaga yaqinlashgan Rafael Forsterning zarbasini darvozabon qaytardi, ammo qaytgan to‘pga zarba beruvchining o‘zi birinchi bo‘lib kelib, uni to‘rga joyladi.

A guruhida 4 tur o‘yinlaridan keyin quyidagi holat yuzaga kelgan: 1. «Fenerbahche» — 7 ochko; 2. «Feyyenoord» — 7; 3. «Manchester Yunayted» — 6; 4. «Zarya» — 2.

Fenerbahche (Turkiya) – Manchester Yunayted (Angliya) 2:1 (1:0)
Gollar: Sou (2), Lens (59) – Runi (89)
Fenerbahche – Demirel, Ker, Kaldirim, O‘zbayrakli, Shkrtel, Souza, Topal, Lens, Potuk (Noyshtedter, 82), Shen (Emenike, 68), Sou.
Manchester Yunayted – De Xea, Roxo, Shou, Darmian, Blind, Shnayderlin (Mata, 46), Errera, Pogba (Ibrahimovich, 30), Marsyal, Runi, Reshford (Mxitaryan, 61).
Ogohlantirishlar: Shnayderlin (12), Errera (18), Demirel (43), Potuk (55), Shkrtel (71), Mata (73).

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid