Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy J-20 qiruvchisini hech kimga sotmoqchi emas
Xitoy Milliy-ozodlik armiyasi (XMOA) harbiy havo kuchlari (HHK) qo‘mondoni general-mayor Ma Syaotyan XXR o‘zi ishlab chiqargan "Tszyan-20" (J-20) beshinchi avlod qiruvchisini sotmasligini ma'lum qildi. Bu haqida South China Morning Post nashri xabar berdi.
Seshanba kuni Xitoy Chjuxay shahrida (Guandun provinsiyasi) bo‘lib o‘tgan Airshow China-2016 aviakosmik saloni doirasida "Tszyan-20" qiruvchisini namoyish etdi. Qiruvchini ishlab chiqarish bilan Chengdu Aircraft Industry korporatsiyasi shug‘ullanadi. 2011 yilning boshida u ilk sinov parvozini amalga oshirgan.
"Biz J-20'ni jahon bozorida sotmaymiz", - dedi Ma Syaotyan Shenchjen televideniyesi efirida.
XMOA HHK qiruvchining Chjuxaydagi aviakosmik salon doirasidagi namoyish parvozidan qoniqqanini ta'kidladi. "Albatta, qoniqdim. J-20'ning bu yerda namoyish qilingani juda yaxshi bo‘ldi. Biz uni ishlab chiqarishni jadallashtiramiz", - qo‘shimcha qildi Ma Syaotyan.
"Tszyan-20"dan tashqari, Xitoy beshinchi avlodning yana bir "Tszyan-31" (J-31) qiruvchisining ishlab chiqarilishini yo‘lga qo‘ymoqda. J-31 qiruvchisi ilk marta 2012 yilning 31 oktabrida havoga ko‘tarilgan, endi uning ishlab chiqarilishi yanada faollashtirilmoqda.
Mavzuga oid
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
22:15 / 09.06.2026
Xitoyda ilk marta odamga cho‘chqaning ikkita buyragi va jigari muvaffaqiyatli ko‘chirib o‘tkazildi
21:33 / 09.06.2026
Xitoyning o‘nlab kompaniyalari Pentagonning qora ro‘yxatiga kiritildi
20:27 / 09.06.2026