Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda 600 km/soat tezlikda harakatlanadigan maglevlar quriladi
Dunyoning eng yirik poyezd ishlab chiqaruvchisi bo‘lgan Xitoy temir yo‘l qurish korporatsiyasi (CRRC) yaqinda magnit levitatsiyada (maglev) soatiga 600 kilometrgacha tezlikda harakatlana oladigan yangi poyezd turini yaratishini ma'lum qildi. Bu esa mavjud poyezdlar orasida mutlaq rekord darajadagi tezlik bo‘ladi.
«Sinxua» axborot agentligining yozishicha, davlat kompaniyasi yangi maglev poyezdlarini sinovdan o‘tkazish uchun 5 kilometrli yo‘llar qurishni boshladi. Bundan tashqari, kompaniya maglevning ancha sekin harakatlanadigan versiyasi ustida ish olib bormoqda. U soatiga 200 kilometrgacha yura oladi.
Xitoyning yuqori tezlikdagi temir yo‘l liniyalari dunyoda eng yirigi sanaladi. Ayni damda ularning uzunligi 20 000 kilometrdan oshadi, ularning qurilishiga esa davlat 538 milliard dollar sarflagan. So‘nggi yillarda temir yo‘l operatorlari yuqori tezlikdagi poyezdlarni boshqarishga moslashmoqda.
O‘tgan yili yapon maglevi yopiq sinov hududida soatiga 603 kilometr tezlikda harakatlanib, ushbu transportning avvalgi rekordidan o‘zib ketdi. Biroq bunday tijorat transporti sifatida 2027 yildan so‘nggina tayyor bo‘lishi mumkin. Dastavval zaruriy infratuzilmani yaratish lozim.
Ayni damda eng tezkor jamoat maglevi Shanxayda bo‘lib, u shaharni Pudun xalqaro aeroporti bilan bog‘laydi. Poyezd soatiga 430 kilometr tezlikda yura oladi.
Maglevlarning yuqori tezlikka erishishiga ularning g‘ildiraklarda emas, balkim maxsus magnitli yostiqchalarda deyarli havoda uchgandek harakat qilishi yordam beradi. Yotqizilgan magnit liniyasi bir vaqtning o‘zida elektromagnitlar hisobiga poyezdni oldinga harkatlantirib, orqaga itaradi.
Albatta, bu kabi temir yo‘l liniyalarini qurish an'anaviy relsli yo‘llarga nisbatan ancha qimmatga tushishi aniq, biroq maglevlar oddiy poyezdlarga qaraganda ancha barqaror va tezkordir. Aynan shu sababli Xitoy tezroq shu turdagi temir yo‘l transportiga o‘tishni maqsad qilgan.
Mavzuga oid
16:30
“Chinor” metro bekati 50 kunga yopiladi
22:15 / 09.06.2026
Xitoyda ilk marta odamga cho‘chqaning ikkita buyragi va jigari muvaffaqiyatli ko‘chirib o‘tkazildi
21:33 / 09.06.2026
Xitoyning o‘nlab kompaniyalari Pentagonning qora ro‘yxatiga kiritildi
20:27 / 09.06.2026