Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samsung rahbariyati Galaxy Note 7 uchun tiz cho‘kib kechirim so‘radi
Xitoyning Shitszyachjuan shahrida o‘tgan tadbirda Samsung kompaniyasining 23 nafar boshqaruvchisi sahnada investorlar va xaridorlar oldida tiz cho‘kib kechirim so‘radi. Ular Samsung Galaxy Note 7 smartfonining bozordan qaytarilishi uchun shu tariqa kechirim so‘radilar va bunday holat boshqa qaytarilmasligiga va'da berdilar, deb xabar bermoqda Techmundo.
Samsung Galaxy Note 7 smartfoni akkumulyatorlari portlashi sababli chiqqan o‘nlab yong‘inlar tufayli bozordan qaytarilib olingandi. Ayni vaqtda ushbu smartfonlar ishlab chiqarilishi va sotilishi to‘xtatilgan, xaridorlarga esa tovon puli taklif qilingan.
Xitoyda tangrilarga itoat qilish, keksa odamlarga hurmat yoki biror odamga alohida hurmatni bildirish maqsadida tiz cho‘kiladi. Bunga Xitoyda boshqa mamlakatlardagiga nisbatan oddiyroq qaraladi.
Xitoy Samsung uchun eng muhim bozorlardan hisoblanadi va shuning uchun kompaniya boshqaruvchilarining bunday yo‘l tutganlarini tushunsa bo‘ladi. Kompaniyada Galaxy Note 7 bilan yuzaga kelgan vaziyat boshqa takrorlanmasligiga va'da berildi va kompaniya uchun og‘ir damlarda uni qo‘llab-quvvatlash va unga ishonchni yo‘qotmaslik iltimos qilindi.
Mavzuga oid
08:43
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
22:15 / 09.06.2026
Xitoyda ilk marta odamga cho‘chqaning ikkita buyragi va jigari muvaffaqiyatli ko‘chirib o‘tkazildi
21:33 / 09.06.2026
Xitoyning o‘nlab kompaniyalari Pentagonning qora ro‘yxatiga kiritildi
20:27 / 09.06.2026