Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindiston FQB uchun iPhone dasturini buzgan texnologiyani xarid qiladi
Hindistonning Gandinagar sud-tibbiy laboratoriyasi Cellebrite kompaniyasidan iPhone 5C smartfonini buza olgan texnologiyani sotib olmoqchi. Cellebrite kompaniyasi FQB so‘rovi bilan mazkur telefonning himoyasini buza olgan edi, deb yozmoqda The Economic Times nashri.
Yuqori lavozimli mulozimning so‘zlariga ko‘ra, laboratoriya bir oy mobaynida texnik yechimlarga ega bo‘ladi. «Hindiston huquq-tartibot idoralari telefonni buza olmagan taqdirda murojaat qiladigan jahon markazi bo‘ladi».
Ammo, u bu texnologiyalar qanday holatlarda va qaysi shartlarda qo‘llanilishiga oydinlik kiritmagan. Shuningdek, buyurtma qiymati ham noma'lum.
Avvalroq, Hindiston politsiyasi mahkamasi ma'lumotlarni olish uchun iPhone dasturini buzishga urinayotgani xabar qilingan edi.