Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Berni Sanders Donald Tramp tarafdorlari haqidagi fikrini o‘zgartirdi
Foto: AP
AQSh prezidentligi uchun saylovlarda sobiq nomzod, Vermont shtatidan bo‘lgan senator Berni Sanders o‘z tvitterida aytdiki, u respublikachilar nomzodi Donald Trampning tarafdorlari haqidagi fikrini o‘zgartirgan.
«Men endi Tramp uchun ovoz berishga qaror qilganlarning barchasi ham irqchilar va badaxloqlar degan fikrda emasman», — deya yozgan u.
Sanders qayd etib o‘tganki, milliarder nomzodning ba'zi tarafdorlari chindan ham shunday toifaga kiradi. Shu bilan birga unga ovoz beradigan amerikaliklar orasida «jabrlanganlar, bolalari uchun xavotirlanib, kam miqdordagi maosh evaziga ishlashda davom etadiganlar» borligini aytib o‘tgan.
Senatorning qayd etishicha, ular Trampga bir hovuch insonlar uchun emas, barcha amerikaliklar uchun xizmat qiladigan iqtisodiyot tuzilishi haqidagi va'dalar uchun ovoz berishmoqchi.
Sanders keyinroq demokratlarni qo‘llab-quvvatlashini bildirib yozuv qoldirgan. U AQSh Senati va Qonunchilik palatasidagi demokratlar, shuningdek, partiya nomzodi bo‘lmish Hillari Klinton zarur loyihalarni amalga oshirishiga ishonch bildirgan.
Mavzuga oid
08:25 / 22.06.2025
«Konstitutsiyaga mutlaqo zid» - AQSh qonunchilari Trampning qarorini muhokama qilmoqda
10:31 / 21.11.2024
AQSh Senati Isroilga qurol yetkazib berishni bloklashni rad etdi
13:58 / 19.05.2021
Amerikalik siyosatchilar Isroilga qarshi chiqib, Baydenni tanqid qilishmoqda
10:29 / 12.08.2020