AQŞ prezidentligi uçun saylovlarda sobiq nomzod, Vermont ştatidan bölgan senator Berni Sanders öz tvitterida aytdiki, u respublikaçilar nomzodi Donald Trampning tarafdorlari haqidagi fikrini özgartirgan.
«Men endi Tramp uçun ovoz berişga qaror qilganlarning barçasi ham irqçilar va badaxloqlar degan fikrda emasman», — deya yozgan u.
Sanders qayd etib ötganki, milliarder nomzodning ba'zi tarafdorlari çindan ham şunday toifaga kiradi. Şu bilan birga unga ovoz beradigan amerikaliklar orasida «jabrlanganlar, bolalari uçun xavotirlanib, kam miqdordagi maoş evaziga işlaşda davom etadiganlar» borligini aytib ötgan.
Senatorning qayd etişiça, ular Trampga bir hovuç insonlar uçun emas, barça amerikaliklar uçun xizmat qiladigan iqtisodiyot tuzilişi haqidagi va'dalar uçun ovoz berişmoqçi.
Sanders keyinroq demokratlarni qöllab-quvvatlaşini bildirib yozuv qoldirgan. U AQŞ Senati va Qonunçilik palatasidagi demokratlar, şuningdek, partiya nomzodi bölmiş Hillari Klinton zarur loyihalarni amalga oşirişiga işonç bildirgan.












