Jahon | 15:43 / 06.11.2016
4931
1 daqiqa o‘qiladi

Myunxenda qochqinlar sabab to‘rt metrli devor quriladi

Foto: AFP

Myunxen hukumati qochqinlar va mahalliy aholi yashash manzili o‘rtasida to‘rt metrli ovoz o‘tkazmaydigan devor quradi.
Deutsche Welle nashri xabariga ko‘ra, ovoz o‘tkazmaydigan devor Noyperlax tumani va Myunxen hokimiyati o‘rtasidagi kelishuvga asosan qad rostlaydi.

Kelishuvga binoan devor shunday qurilishi kerak-ki, undan oshib o‘tish va unda to‘p o‘ynash imkoniyati bo‘lmasligi kerak.

Devorga yaqin uylar 25 metr masofada joylashgan va yashil hudud hamda yo‘laklar alohida bo‘lishi lozim. Ma'lum bo‘lishicha, Noyperlaxda yashovchi ayrim kimsalar qochqinlar uchun qurilgan boshpanalardan norozi bo‘lib, Myunxen hokimiyatini sudga bergan. 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid