Jahon | 09:33 / 06.11.2016
11035
2 daqiqa o‘qiladi

Nevadada Tramp qo‘riqchilar tomonidan sahnadan olib chiqib ketildi

Foto: Reuters

AQShning Nevada shtatidagi Rino shahrida AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Donald Trampning saylovoldi namoyishi vaqtida noma'lum kimsalar trevoga ko‘tarishdi. Maxsus xizmatlarga tomoshabinlar orasida qurollangan odam borligi haqida ma'lumot kelib tushgan. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar bermoqda.

Shundan keyin qo‘riqchilar Trampni o‘z gavdalari bilan to‘sib, sahnadan olib ketishgan. Biroq tezda trevoga soxta bo‘lgani ma'lum bo‘lgan. Shundan so‘ng Tramp sahnaga mustaqil ravishda ko‘tarilib, jonli efir orqali uzatilayotgan nutqini davom ettirgan. 

"Hech kim bizga oson ish va'da qilmagan, biroq bizni hech kim to‘xtata olmaydi. Bizni hech qachon to‘xtata olishmaydi. Men AQSh maxsus xizmatiga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Yigitlar fantastik ravishda harakat qilishdi", deb o‘z so‘zini davom ettirgan Tramp.

Voqea tafsilotlari aniqlashtirilmoqda.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid