Jahon | 19:57 / 07.11.2016
5358
1 daqiqa o‘qiladi

Assanj 14 noyabr kuni Londonda so‘roq qilinadi

WikiLeaks asoschisi Julian Assanj 14 noyabr kuni Ekvadorning Londondagi elchixonasida so‘roq qilinadi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

«Ekvador Shvetsiya tomonining jinoiy ish bo‘yicha yuridik siltiomini inobatga oldi va so‘roq ekvadorlik prokuror tomonidan amalga oshiriladi», – deyiladi Shvetsiya prokuraturasi bergan xabarda.

So‘roqda shvetsiyalik prokuror va tergovchi ishtirok etadi. Assanjdan nomusga tegish ishi bo‘yicha ko‘rsatma olinadi.

WikiLeaks asoschisi o‘ziga qo‘yilgan ayblovlarni inkor etib kelmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid