Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an Yevropani terrorchilikning sherigi deb atadi
Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Yevropa Kurdiston ishchi partiyasini (KIP) qo‘llab-quvvatlashi bilan terrorchilikka sheriklik qilmoqda deb aytdi. U bu haqda 6 noyabrdagi telemurojaatida aytib o‘tdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
"Biz KIP a'zolari o‘zlarini Yevropada erkin-emin his qilayotganlarini ko‘rmoqdamiz", deb aytdi Erdo‘g‘an. U Turkiya hukumati tomonidan KIPdan tortib olingan har bir qurol kelib chiqishi Yevropa davlatlariga taqalishini ta'kidlab o‘tdi.
Erdo‘g‘an G‘arb davlatlari uning davlati uchun hech qanday yaxshi ish qilmaganini aytib o‘tdi. "Turkiya uni Yevropa Ittifoqi eshigi oldida 53 yil davomida kutishga majbur qilishayotganda yana nima kutishi kerak? Biz o‘z muammolarimizni o‘zimiz hal qilamiz", deb aytgan Erdo‘g‘an. Erdo‘g‘an Turkiya bo‘layotgan voqealarga qarashlarini o‘zgartirgani va yangi yo‘l tutishni mo‘ljallab qo‘yganini aytgan.
Shu bilan birga Erdo‘g‘an uni G‘arbda diktator deb atashlari uni tashvishlantirmasligini aytdi. "Meni Turkiya fuqarolari qanday qabul qilishlari muhimroq", deb qo‘shimcha qildi Turkiya prezidenti.
Mavzuga oid
10:15 / 13.06.2026
AQSh Yevropa hududidan aviatashuvchi va suvosti kemasini olib chiqadi
14:07 / 11.06.2026
Yevropada AQShga ishonch tarixiy minimumga tushdi
10:08 / 11.06.2026
Yonilg‘i narxlari oshishi Yevropada elektromobillarga talabni kuchaytirdi
10:17 / 10.06.2026