Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistonda film suratga olish vaqtida ikki aktyor halok bo‘ldi
Foto: © Flickr/ Premshree Pillai
Hindistonning Karnataka shtatida film suratga olish vaqtida ikki aktyor halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda NDTV telekanali.
Voqea 7 noyabrda "Mastigudi" (Masthigudi) filmini suratga olish maydonchasida asosiy sahnalardan birining olinishi vaqtida yuz berdi. Bu sahnada film qahramonlarining vertolyotdan suv omboriga sakrashlari suratga olinishi kerak bo‘lgan. Suratga olish ishlari Bangalordan 35 km uzoqlikda joylashgan suv omborida o‘tayotgan bo‘lgan.
Aktyor Dunya Vidjay ijrosidagi film bosh qahramoni ikki nafar salbiy qahramonni ta'qib qiladi. Ma'lum qilinishicha, aktyorlarning ismi Anil va Uday bo‘lgan (ularning familiyalari keltirilmagan). Salbiy qahramonlar vertolyotga chiqishadi, u suv ombori uzra uchadi, so‘ngra vertolyot bortida bosh qahramon bilan uning raqiblari orasida olishuv bo‘ladi va oxir-oqibat ularning barchasi suvga sakraydilar.
Telekanal tomonidan namoyish qilingan lavhalarda suvga sakraganlardan faqatgina aktyor Dunya Vidjay suv sirtiga suzib chiqa olganini ko‘rish mumkin. Qolgan ikki aktyor bedarak yo‘qolgan. Ayni vaqtda ularni qidirish ishlari olib borilmoqda.
India Today telekanali ma'lumotlariga ko‘ra, aktyorlardan biri – Uday suratga olish vaqtida suzishni yaxshi bilmasligini, biroq film uchun tavakkal qilishini aytgan.
Mavzuga oid
15:45 / 04.12.2025
Neft, qurol va geosiyosat. Putin nega Hindistonga davlat tashrifi bilan kelmoqda?
14:15 / 03.12.2025
Hindiston hukumati smartfonlarda o‘chirib bo‘lmaydigan davlat ilovasini joriy etmoqda
19:38 / 24.11.2025
«Zita va Gita» filmidagi bosh rol ijrochisi Dharmendra vafot etdi
19:37 / 22.11.2025