Jahon | 16:23 / 07.11.2016
10283
1 daqiqa o‘qiladi

Indoneziyada nasroniy hokim Qur'oni Karim haqidagi so‘zlaridan so‘ng so‘roq qilindi

Foto: AFP

Indoneziya politsiyasi maxsus poytaxt okrugi gubernatori Basuki Chaxaya Purnamuni so‘roq qildi, deb xabar qilmoqda Frans Press agentligi.

Ta'kidlanishicha, politsiya mahkamasi Purnamuga nisbatan, mamlakat musulmon jamoalari ayblovidan oldinroq tergov ishlarini boshlagan edi. U Islom dinining muqaddas kitobi Qur'oni Karim sha'niga nisbatan nojoiz gaplarni aytganlikda gumon qilinmoqda. 

Agentlikka ko‘ra, politsiya vakili Agus Rianto tergov ishlari adolatli bo‘lishi va odamlar uning betarafligiga shubha qilmasliklari kerakligi haqida bayonot bergan. "Biz jamoatchilikka malakamizni namoyish etamiz", — deya Rianto so‘zlarini keltirgan agentlik. 

Purnamuning aybi tasdiqlansa, u besh yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid