Jahon | 15:59 / 07.11.2016
5538
1 daqiqa o‘qiladi

Kurdlar IShID jangarilari egallab olgan shaharga yurishni boshladi

Foto: Reuters

Kurdlardan tashkil topgan peshmerga harbiy bo‘linmalari IShID terrorchilik guruhi jangarilari tomonidan egallab olingan Baashika shahriga yurishni boshladi, deb xabar qilmoqda Assoshieyted Press agentligi.

Baashika Mo‘sul shahridan 13 kilometr shimoli-sharqda joylashgan. Shahar bir necha hafta mobaynida kurdlarning peshmerga kuchlari qurshovida edi. Hujum ikki yo‘nalish bo‘yicha olib borilayotgani xabar qilinmoqda. 

Ta'kidlanishicha, 6 noyabr kuni kurd harbiylari shaharga artilleriya va minomyot zarbalari bergan. Mazkur hujum ham artilleriya va havo zarbalari yordamida amalga oshirilayotgani xabar qilinmoqda. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid