Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvada eng baland simli ko‘prik quriladi
Moskva arxitektura qo‘mitasi Moskva daryosi ustidan o‘tuvchi eng baland simli ko‘prik qurilishini ma'qulladi. Uni qurish ishlari keyingi yildan boshlanadi. Bu haqda Moskva hokimiyatining rasmiy portalida xabar berilgan.
Ma'lum qilinishicha, ko‘prik “Narodnogo Opolcheniya” va “Nijniye Mnevniki” ko‘chalarini bog‘lab turadi. Y harfining teskari shaklini eslatib turuvchi 137 metrli machta ko‘prikni metall trosslar yordamida ushlab turadi.
Yangi ko‘prikning har tomonida uchyoqlama harakat qilishga imkon beruvchi oltita yo‘l bo‘ladi. Ko‘prikning uzunligi 528 metrni, qirg‘oqdagi estakadadan boshlab hisoblanganda 650 metrni tashkil etadi.
Mavzuga oid
08:51
Moskva yaqinidagi NQZga hujumdan so‘ng “neft yomg‘iri” kuzatildi
15:18 / 15.06.2026
Kuchli yog‘ingarchilik tufayli Rossiya hududlarini suv bosdi – fotolar
13:08 / 13.05.2026
Zelenskiydan troll-farmon, «muzlagan» front: urushda nima gap?
18:34 / 07.05.2026