Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nazarboyev Osiyo mamlakatlarining taqdiri umumiy ekanligini ta'kidladi
Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Osiyo mamlakatlarining taqdiri umumiy ekanligini ta'kidladi. Bu haqida davlat rahbarining matbuot xizmati ma'lum qildi.
U Qozog‘iston bilan do‘stlashish bo‘yicha yapon Parlament ligasi a'zolarining Takeo Kavamuro raisligida bo‘lib o‘tgan uchrashuvida shu haqida so‘zladi.
Nazarboyev Qozog‘istonga ko‘rsatilayotgan qo‘llab-quvvatlash hamda hamkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi sa'y-harakatlar uchun Yaponiyaga minnatdorchilik bildirdi.
Shuningdek u qozoq-yapon hamkorligining barcha yo‘nalishlarda rivojlanishiga alohida e'tibor qaratdi.
"Biz uchun bundan keyin ham Yaponiya bilan munosabatlarni rivojlantirish muhimdir. Biz - Osiyo mamlakatlarining taqdiri umumiydir", - deya ta'kidladi prezident.
Kavamura Qozog‘istonni 2017-2018 yillar uchun BMT Xavfsizlik kengashining doimiy bo‘lmagan a'zoligiga saylanishi bilan tabrikladi va mamlakat bu yo‘lda yadroviy qurolsizlanish hamda uni tarqatmaslik ishiga yanada katta hissa qo‘shishi mumkinligini aytdi.
Mavzuga oid
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
20:36 / 06.06.2026
Talaba vizasining muddati tugagan o‘zbekistonlik Yaponiyadan deportatsiya qilindi
18:54 / 05.06.2026
Dunyodagi eng mashhur 10 ta avtomobil brendi nomi e’lon qilindi
08:33 / 04.06.2026