Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Peres: Ronaldu, sen futbol tarixidagi eng yaxshi klubning ajoyib ramzisan
“Real Madrid” prezidenti Florentino Peres Krishtianu Ronalduning jamoa uchun juda kerakli o‘yinchi ekanini ta'kidladi.
“Klubimizning butun dunyo yaxshi biladigan odati 114 yildan buyon davom etib kelmoqda. U Di Stefano va Xento kabi futbolchilar bilan bog‘langan. Ronaldu – ularning davomchisi. Krishtianu, sen Chempionlar kubogining 11 marotaba qo‘lga kiritgan, futbol tarixidagi eng yaxshi klubning ajoyib ramzisan.
Madridda sen hamma narsaga erishding. Sen afsonasan, “Real” tarixidagi eng yaxshi futbolchisan. Ronaldu-o‘yinchini unutib bo‘lmaydi. O‘ylashimcha, shuncha yutuqlardan keyin tez orada o‘zingning to‘rtinchi “Oltin to‘p”ingni qo‘lga kiritishing to‘g‘ri bo‘ladi.
Tarix Ronaldugacha va undan keyinga bo‘linadi. Biroq biz doimo birgamiz”, – dedi Peres.
Mavzuga oid
23:42 / 11.06.2026
Joze Mourinio «Real»ga qaytdi
18:03 / 11.06.2026
Messi va Ronalduda 6-mundial, Mbappe Klozedan o‘tishi mumkin. JCh-2026 intrigalari
17:44 / 08.06.2026
Peres «Real»ga Joze Mourino bosh murabbiy bo‘lishini e’lon qildi
19:05 / 29.05.2026