Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston sayyohlik salohiyati London ko‘rgazmasida namoyish etiladi
Shu yilning 7-9 noyabr kunlari “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi va “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK hamda mamlakatning turizm sohasida faoliyat yurituvchi biznes jamoasi delegatsiyasi «World Travel Market – 2016» xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etadi. U Buyuk Britaniyaning London shahrida tashkil etiladi.
“O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi matbuot xizmatining xabar qilishicha, O‘zbekistonning yagona milliy burchagida turizm sohasidagi xalqaro professionallar uchun respublika sayyohlik salohiyati namoyish etiladi.
«WTM» – bu jahon sayyohlik va mehmondo‘stlik sohasidagi yirik halqaro voqelik hisoblanadi. Unda dunyoning deyarli barcha mamlakatlaridan kelgan 5 mingga yaqin kompaniya ishtirok etadi.
O‘zbekiston «World Travel Market» ko‘rgazmasida 2009 yildan ishtirok etib keladi. Anjumanda 10 mingdan ortiq professional xaridorga O‘zbekistonning eng yaxshi turistik mahsulotlari va savdo belgilarini taqdim etish imkoniyati mavjud.
Ko‘rgazma yakunlangach, O‘zbekiston Respublikasining Londondagi elchixonasi binosida Buyuk Britaniya turizm biznesi va OAV vakillari uchun aqdimot marosimi tashkil etiladi. Shuningdek, ikki mamlakat turoperatorlari o‘rtasida «V2V» shaklida uchrashuvlar tashkil etiladi. Marosimda qatnashgan mehmonlar o‘zbek milliy taomlaridan tatib ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Mavzuga oid
11:00 / 12.06.2026
O‘zbekistonda har yili “Ochiq turizm mavsumi” dasturi o‘tkaziladi
18:31 / 09.06.2026
AQSh sayyohlik va biznes vizalari uchun tezkor suhbat bo‘yicha pullik xizmatni yo‘lga qo‘yadi
08:50 / 08.06.2026
SIPRI: dunyoda yadroviy qurollar soni yana o‘sishi mumkin
08:44 / 08.06.2026