Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniyalik o‘qituvchi o‘quvchisining telefonini derazadan uloqtirdi
Buyuk Britaniyada o‘quvchisining boshiga kitob bilan urgan va telefonini derazadan uloqtirgan o‘qituvchi ayol ta'lim berish huquqidan mahrum qilindi. Ayol o‘zini aybdor deb hisoblamaydi, shu bois u dars berish huquqi uchun kurashmoqda. Bu haqida Daily Mail nashrida xabar berildi.
Janubiy Uelsdagi 55 yoshli o‘qituvchi Regina Hangerford noprofessionallikda ayblanib, o‘qituvchi bo‘lib ishlash huquqidan mahrum etildi. Manbaga ko‘ra, u o‘quvchisining boshiga kitob bilan urgan va uning mobil telefonini derazadan uloqtirgan.
Hozir Hangerford mahalliy Ta'lim kengashi oldida o‘zining professional o‘qituvchi ekanligini isbotlashiga to‘g‘ri kelmoqda.
O‘qituvchining so‘zlariga ko‘ra, u o‘quvchini urmagan, lekin haqiqatdan ham uning telefonini derazadan tashlab yuborgan.
Hangerfordning ta'kidlashicha, 17 yoshli o‘quvchi - Sheyn Jyenkins dars vaqtida quloqchinlarini taqib, video ko‘rib o‘tirgan bo‘lgan. O‘qituvchi undan video ko‘rishni bas qilib, telefonini chetga olib qo‘yishni so‘ragan. O‘smir esa "Siz meni bunga majbur qila olmaysiz", degan.
O‘quvchining so‘zlari pedagogning jahlini chiqargan va u partaga kitob bilan urgan, keyin esa o‘smirning mobil telefonini derazadan tashlab yuborgan.
29 yillik ish stajiga ega Hangerford o‘zining harakatlarini noprofessional, deb hisoblamaydi.
Biroq Sheyn Jyenkins (o‘quvchi) o‘qituvchining baland ovozda qichqirgani va kitob bilan partaga emas, uning boshiga urganini ta'kidlamoqda. O‘smir telefonini chetga olib qo‘yishni istamaganligini pedagogning darsga kechikib kelganligi bilan izohladi.
Mazkur holatni o‘rganish ishlari davom etmoqda. Hangerford ta'lim berish huquqini qayta qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ladimi yoki yo‘q - hozircha noma'lum.
Mavzuga oid
15:20 / 13.06.2026
Eski sandiqdan topilgan britancha surat: Dulsi xonim izlagan Boqijon Akramov Buxoro va Qashqadaryodan topildi
09:31 / 28.03.2026
O‘zbekistonlik talabalar Britaniya diplomini ham olishi mumkin
15:26 / 04.03.2026
Toshkentdagi yangi muzey majmuasi BBC’ning eng muhim loyihalar ro‘yxatiga kiritildi
13:31 / 13.02.2026