Jahon | 15:47 / 08.11.2016
14892
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp o‘zining so‘nggi mitingida barchani yanchib tashlashga va'da berdi

Foto: Reuters

AQSh prezidentligiga Respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Tramp o‘z saylovoldi kampaniyasining so‘nggi kunida beshta shtatga tashrif buyurdi va o‘z raqobatchisi, Demokratlar partiyasidan nomzod Hillari Klintonga qaqshatgich zarba berib, uni yanchib tashlashini ma'lum qildi

Dushanba tongida respublikachilar vakili Florida shtatidagilar bilan uchrashdi. U bungacha Shimoliy Karolina, Pensilvaniya, Nyu-Hempshirda bo‘ldi va saylovoldi kunining so‘ngida Michiganga tashrif buyurdi. U saylovchilar qarshisida yarim tunda chiqish qildi. Pensilvaniyada chiqish qilgan respublikachi milliarder ishonch bilan ta'kidladiki, Oq uy sari yo‘l ochib beruvchi ushbu shtatda mutlaq g‘olib bo‘ladi.

"Biz barchani yanchib tashlaymiz", - dedi u tarafdorlari oldida.

Eslatib o‘tamiz, AQShda saylovlar 8 noyabrda boshlandi. Fox News telekanali tomonidan jamoatchilik fikri o‘rganilganda, Klinton 48 foiz ovoz bilan 44 foiz ovozga ega Trampdan ustun kelmoqda edi. 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid