Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyadagi eng mashhur mushuk haykali o‘g‘irlab ketildi
Ochilganiga endigina bir oy bo‘lgan, Turkiyadagi eng mashhur mushuk hisoblangan Tombili haykali noma'lum kimsalar tomonidan o‘g‘irlab ketildi. Bu haqida Istanbuldagi Qadiko‘y okrugi munitsipaliteti xabar berdi.
"Tombili o‘g‘irlandi", - deya xabar berildi mahalliy hukumatning Twitter'ida. Mushukning Facebook'dagi sahifasida haykal o‘rnatilgan joy suratini ko‘rish mumkin, undan faqat yozuv taxtasigina qolgan.
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari orasida mashhur bo‘lib ketgan Tombili mushugi avgust oyida hayotdan ko‘z yumgan. Bu jonivorning yo‘lkadagi to‘siqqa suyanib tushgan surati uni ko‘pchilikka tanitgan. Istanbul va Turkiyaning boshqa shaharlari aholisi uni yoqtirib qolgandi, mushukning Facebook'dagi sahifasida esa deyarli 32 million folloveri bor.

O‘g‘irlangan haykal muallifi - haykaltarosh Seval Shaxin. U mushuk haykalini bronzadan bepul yasab bergan. Tombili haykali oktabr oyida u yashagan Qadiko‘y okrugida (Istanbul) ochilgan edi.
Mavzuga oid
18:17 / 15.06.2026
Turkiyaning zilziladan jabrlangan Hatay viloyatida O‘zbekiston mahallasi ochildi
15:55 / 13.06.2026
Turkiyada 3 kunda 4 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
20:23 / 12.06.2026
D guruhi tanishtiruvi. Mezbon AQSh kimlar bilan o‘ynaydi?
15:50 / 11.06.2026