Jamiyat | 10:57 / 08.11.2016
18734
2 daqiqa o‘qiladi

Joli va Pitt bolalar kim bilan yashashi bo‘yicha kelishib oldi

Hollivud aktrisasi Anjyelina Jolining vakili ma'lum qildiki, uning turmush o‘rtog‘i Bred Pitt 6 nafar bolaga kim vasiylik qilishi bo‘yicha kelishuvga rozilik bildirgan. Bu haqda CBS News xabar berdi.

Xabar qilinishicha, juftlikning kelishuvi o‘tgan haftada amalga oshgan. Unga ko‘ra, bolalar onada qoladi, Pitt esa «terapiya tashriflari»ni davom ettiradi. Qayd etilishicha, ikki tomon ham oilaviy «sog‘lomlashtirish» tarafdori hisoblanadi.

Bundan oldingi xabarlarda Bred Pitt o‘zi va ajralish jarayonida bo‘lib turgan turmush o‘rtog‘i Anjyelina Joliga 6 nafar farzandlari ustidan teng vasiylik huquqini berishni suddan rasman so‘ragani aytilgandi.

Aktrisa shu yilning sentabr oyida o‘zaro tushunmaslik holati uchun ajrashish uchun ariza bergandi.

U Pittning bolalar bilan nomaqbul munosabatda bo‘lganini da'vo qilgan, Bred esa buni inkor etmoqda.

Mavzuga oid