Jahon | 19:21 / 09.11.2016
28449
2 daqiqa o‘qiladi

Amerikaliklar dunyo trendida: «Bu bizning prezident emas!»

Foto: BuzzFeed

Tvitterning amerikalik foydalanuvchilari #HesNotMyPresident (#UMeningPrezidentimEmas) heshtegini dunyo trendiga olib chiqishdi. Bugungi trendda shuningdek,  #Trump va President Trump heshteglari ham bor.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari AQSh prezidentligi saylovlari natijalarida respublikachilar nomzodi Donald Tramp g‘olib bo‘lganidan noroziliklari ifodalangan tvitlarga #HesNotMyPresident heshtegini ilova qilishmoqda.

Ular asosan Tramp o‘zlarining manfaatlarini ifoda etmasliklarini ifoda qilishmoqda.

«Tramp g‘alaba qilmadi. Nafrat g‘olib keldi. Irqchilik zafar qozondi. Badaxloqlik yengdi. Tarbiyasizlikning oshig‘i olchi bo‘ldi», – deya yozgan foydalanuvchilardan biri.

Yana bir kishi esa butun vaziyatni tanqid ostiga olgan: «Men hayotimda ilk marta amerikalik ekanimdan faxr tuymayapman».

Uchinchisi esa liberalizmga sodiq bo‘lib qolishini ma'lum qilgan. Yana bir foydalanuvchi Demokratik partiyani va Hillari Klintonni qo‘llab-quvvatlashda davom etishini aytgan.

Ko‘pchilik prezident Trampdan qo‘rquvini ifodalagan.

Ba'zilar hali kurash davom etajagini bayon qilgan. Barak Obama o‘z lavozimidan ketayotganiga afsus bildirganlar bo‘lgan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев

Mavzuga oid