Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erkaklardagi testosteron gormonini qanday ko‘tarish mumkin?
Yaponiyalik olimlar aerobika mashqlari yordamida ortiqcha vaznga ega erkaklarda testosteron darajasini ko‘tarishga muvaffaq bo‘lishdi. Natijalar haqida The American Physiological Society ma'lum qildi.
Tsukubi va Ryutsu Keyzay universitetlarining tadqiqotchilari 16 nafar normal vaznga ega hamda 28 nafar ortiqcha vaznli yoki semizlikdan aziyat chekuvchi erkaklar ishtirokida izlanish olib borishdi. Unga ko‘ra, ortiqcha vaznli kishilarda testosteron darajasi past bo‘lgan. Ular 12 hafta davomida haftada 1-3 marta sayr qilishgan yoki 40-60 daqiqadan yugurishgan.
Tadqiqot yakunida ortiqcha vaznga ega kishilarda testosteron darajasi normal vaznli kishilarnikidek bo‘lmasa-da, ancha ko‘tarilganligi kuzatilgan.
"Testosteron – erkaklar jinsiy gormoni. Uning me'yordan kam bo‘lishi sog‘liq bilan bog‘liq turli muammolarga olib keladi, - ta'kidlashdi tadqiqotchilar. - Semizlik - dunyodagi eng katta muammolardan biri - testosteron gormonining pasayishiga olib keladi". Olimlarning so‘zlariga ko‘ra, gormon yetishmovchiligining asosiy belgilari - charchoq, jinsiy faollikning susayishi, mushak va suyak massasining kamayishi.
Mavzuga oid
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
20:36 / 06.06.2026
Talaba vizasining muddati tugagan o‘zbekistonlik Yaponiyadan deportatsiya qilindi
18:54 / 05.06.2026
Dunyodagi eng mashhur 10 ta avtomobil brendi nomi e’lon qilindi
08:33 / 04.06.2026