Jahon | 21:02 / 09.11.2016
3915
2 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘iziston parlamenti hukumatning yangi tarkibi va strukturasini ma'qulladi

Foto: © RIA

Qirg‘iziston parlamenti deputatlari ko‘pchilik ovoz bilan mamlakat vazirlar mahkamasining yangi tarkibi va strukturasini ma'qullashdi. Bu haqda TASS axborot agentligiga Qirg‘iziston parlamenti matbuot xizmati ma'lum qildi.

Qirg‘iziston hukumatining yangi tarkibi avvalgisidan deyarli farq qilmaydi. Bu hukumatda bosh vazir Sooronbay Jeenbekov, shuningdek deyarli barcha bosh vazir o‘rinbosarlari va asosiy vazirlar o‘z lavozimlarini saqlab qolishdi. Bosh vazir o‘rinbosari Gulmira Kudayberdiyeva Qirg‘iziston ta'lim va fan vaziri etib tayinlandi, uning o‘rnini esa "Qirg‘iziston" partiyasi deputati Cholpon Sultanbekova egalladi. Qirg‘iziston ichki ishlar vaziri Qashqar Junushaliyev o‘rnini Qirg‘iziston milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi aksilkorruptsion xizmatining endilikda sobiq rahbari Ulan Isroilov egalladi.

Qirg‘iziston hukumatining avvalgi tarkibi parlament ko‘pchiligi koalitsiyasida ziddiyat yuzaga kelgandan keyin oktabrda iste'foga ketkazilgandi.  

Qirg‘iziston qonunlariga ko‘ra, yetakchi koalitsiya vazirlar mahkamasi tarkibi va strukturasini shakllantirishi kerak. Agar koalitsiya tarqab ketsa, hukumat avtomatik ravishda iste'foga ketadi.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid