Texnologiya | 15:34 / 09.11.2016
7648
1 daqiqa o‘qiladi

"Ko‘rinmas qalpoq" ertaklardan hayotga ko‘chadimi?

Foto: hi-tech.mail.ru

Nanyan texnologiya universiteti mutaxassislari obektning bir qismini yashirishga imkon beradigan texnologiyani ishlab chiqishdi. Bu haqida The Straits Times xabar berdi. 

Chjan Bayle rahbarligi ostidagi jamoa uch yildan ortiq vaqt davomida mazkur loyiha ustida ishlamoqda. Qurilma obektning bir qismini ko‘rinmas qilish uchun ko‘zgu effektidan foydalanadi. 

Yangi texnologiya predmetlarni inson ko‘ziga ko‘rinmas qilish imkonini beradi. Hozircha u faqat bir maromda ishlayotgan bo‘lsa-da, kichik obektlarni ko‘rsatmaslikning uddasidan chiqmoqda. 
 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid