Jahon | 11:27 / 10.11.2016
7687
2 daqiqa o‘qiladi

Amerikaliklar Mishel Obamadan keyingi saylovda nomzod bo‘lishni so‘rashmoqda

Foto: US Magazine

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari birinchi xonim Mishel Obamadan 2020 yilgi prezidentlik saylovlarida nomzod sifatida ishtirok etishni so‘rashmoqda. Bu haqda US Magazine xabar bergan.

«Ular Obamaning rafiqasi qaytishini istashmoqda. Donald Trampning Hillari Klinton ustidan shokka soluvchi g‘alabasi ortidan odamlar Mishel Obamaning 2020-yilgi saylovlarda ishtirok etishini istab qolishdi», – deya yozgan nashr.

Keyingi 8 yil davomida Obama xonim amerikaliklarning eng sevimli siyosatchilaridan biriga aylangani e'tirof etilgan.

Ijtimoiy tarmoqdagilar #Michelle2020 heshtegi bilan yozishmoqda.

«Mishel Obama uchun kampaniya boshlashga hali vaqtli emasmi?», deya yozgan tvitter foydalanuvchilaridan biri.

Yana bir foydalanuvchi esa, Mishel Obama saylovda qatnashib, g‘olib bo‘lsa, mamlakatning birinchi qora tanli ayol prezidenti bo‘lishini aytib o‘tgan.

Yana bir foydalanuvchining fikr bildirishicha, prezident Tramp Harri Potter haqidagi ertaklar qahramoni Dolores Ambridj, ya'ni Albus Dambldor o‘rniga «Xogvarts» maktabiga kelgan direktordan farqi bo‘lmaydi.

«Biz qanday qilib Mishel Obama Oq uyga qaytishiga yordam berishimiz mumkin?» – deyilgan yana bir tvitda.

Obama xonimning o‘zi bunga qadar davlat rahbari bo‘lish uchun intilmaganini aytib o‘tgandi. Uning fikri turmush o‘rtog‘i Barak Obama tomonidan ham ma'qullangan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid