Microsoft kompaniyasi asosçisi Bill Geyts va AQŞning sobiq birinçi xonimi Mişel Obama butun dunyo odamlari orasida eng hurmat qilinuvçi jamoat va davlat arboblari reytingiga boşçilik qilmoqda. Bundan YouGov sotsiologik xizmati sörovnomasi natijalari darak bermoqda. Joriy yilda sörovnomada 41 ta davlatdan 42 mingdan köproq odam iştirok etdi.

Şu tariqa, ayollar örtasida reytingga Mişel Obama yetakçilik qilmoqda, u avvalgi reytingda 1-örinni egallagan amerikalik aktrisa, BMT oliy komissari boşqarmasining köngilli elçisi Anjyelina Joli örnini egallagan, Joli esa 3-öringa tuşgan. 2-örinni amerikalik teleboşlovçi Opra Uinfri egallagan. Ayollar örtasida reytingning yuqori beştaligiga Britaniya qiroliçasi Yelizaveta II va britaniyalik aktrisa Emma Uotson ham kirgan. Yetakçi yigirmatalikdan Xitoy raisining rafiqasi Pen Liyuan (7-örin), AQŞning sobiq davlat kotibi Xillari Klinton (8-örin), amerikalik qöşiqçi Teylor Svift (10-örin), Germaniya kansleri Angela Merkel (12-örin), Britaniya boş vaziri Tereza Mey (18-örin) va AQŞning birinçi xonimi Melanya Tramp (19-örin) joy egallagan.

Erkaklar örtasida 2-örinni AQŞning sobiq prezidenti Barak Obama, 3-örinni aktyor Jyeki Çan egallagan. 4-öringa Xitoy raisi Si Tszinpin, 5-öringa yana bir xitoylik – Alibaba asosçisi Jyek Ma qöyilgan.

Şuningdek, Hindiston boş vaziri Narendra Modi 6-örinni, Rossiya prezidenti Vladimir Putin 10-örinni, AQŞ prezidenti Donald Tramp 14-örinni, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan 19-örinni egallagan. Futbolçilar Kriştianu Ronaldu (7-örin) va Lionel Messi (9-örin) reytingga kiritilgan yagona sportçilar bölgan.