AQŞning sobiq prezidenti Barak Obama 8 yil mobaynida hokimiyatni boşqargan vaqtida tantanali anjumanlarga faqat bitta smokingni kiygan. Barakning rafiqasi Mişel Apple dasturiy ta'minotlarini işlab çiqaruvçilar konferensiyasi doirasida jurnalistlar bilan uçraşuvida şu haqda ma'lum qildi. 

Uning hikoya qilişiça, suratkaşlar va dunyo moda tanqidçilari tantanali marosimlarda Mişelning liboslari va aksessuarlariga e'tiborga qaratgan bir vaqtda, deyarli heç kim öşa vaqtdagi davlat rahbari har doim bitta qora kostyum-şimda köriniş berganini sezmagan. "Biz nima qilmaylik, u faqat öşa bitta smokingni kiyar edi", - deya tan olgan Mişel Obama. 

"Odamlar mening poyabzalim, taqinçoqlarimni suratga tuşirib, ularni muhokama qilişardi, ammo ular Barak Obamaning 8 yil mobaynida bitta smoking va tuflini kiygani haqida lom-mim deyişmadi", - deya AQŞning sobiq birinçi xonimi sözlarini keltiradi The Hollywood Reporter jurnali. 

"Va u bu bilan faxrlanardi. U köp hollarda "Mana men tayyorman. Men 10 daqiqaada tayyor bölaman. Senga hali ança bormi?", - deb sözlab bergan Mişel. 

Mişel Obama, şuningdek, People jurnaliga maşhur surat haqida sözlab berdi. Öşanda, 2015 yili XXR raisi Si Tszinpin rafiqasi Pen Liyuan bilan Oq uyga kelişi kutilayotgan vaqtda Mişel Barakning kapalaksifat böyinboğini tuzatgan edi.

"Bizni öşanda 100 jurnalist suratga olayotgandi", - deb xotirlaydi Mişel. "Biz avtomobillar kelişini kutayotgan edik. Şunda men zerikkanimdan turmuş örtoğim ajoyib körinişda ekaniga işonç hosil qilgim keldi", - deb kuladi sobiq birinçi xonim.

Barak Obama 2008 yilda AQŞ prezidentligiga saylangan hamda bu lavozimni egallagan ilk afroamerikalik bölgandi. 2012 yilda ikkinçi marotaba saylandi. Baraka Obama va uning rafiqasi Mişelning nikoh töyi 1992 yil 3 oktabrda bölib ötgan. Ularning ikki qizi bor.