Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an Turkiyaning ta'siri chegaralaridan ancha uzoqqacha cho‘zilishini aytib o‘tdi
Foto: © AP
Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Turkiya biror bir davlatga nisbatan hududiy e'tirozlarga ega emasligini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Anadolu axborot agentligi.
Uning aytishicha, Turkiyaning ta'siri uning chegaralaridan ancha uzoqqa cho‘ziladi. "Biz o‘z chegaralarimiz bilan cheklanib qolmaymiz. Suriya, Iroq, Bolqon va Kavkazdagi voqealar bevosita Turkiyaga ta'sir o‘tkazadi", deb ta'kidlab o‘tdi Erdo‘g‘an.
Erdo‘g‘an yangi Turkiyaning yaratilishi boshida respublika asoschisi Mustafo Kamol Otaturk turganini ta'kidlab o‘tdi.
Erdo‘g‘an 15 iyuldagi davlat to‘ntaruviga urinish vaqtida respublika va demokratiyani himoya qilgan fuqarolar pozitsiyasiga yuqori baho berdi.
Avvalroq Erdo‘g‘an G‘arb Turkiya uchun hech qanday yaxshi narsa qilmaganini va mamlakat o‘z muammolarini mustaqil hal qila olishini aytgandi.
Mavzuga oid
09:51 / 06.05.2026
Turkiya o‘zining qit’alararo raketasini taqdim etdi
09:39 / 06.05.2026
Xalqaro qidiruvdagi Turkiya fuqarosi Perudan O‘zbekistonga olib kelindi
07:44 / 05.05.2026
Turkiyada yashash ruxsatnomasi uchun to‘lov miqdori oshgani rad etildi
19:44 / 25.04.2026