Jahon | 11:16 / 10.11.2016
6619
1 daqiqa o‘qiladi

Poroshenko Saakashvilini iste'foga chiqarish haqidagi farmonni imzoladi

Ukraina prezidenti Petro Poroshenko Mixail Saakashvilini Odessa viloyati gubernatori lavozimidan ozod qilish haqidagi farmonni imzoladi. Bu haqda Poroshenko matbuot xizmati ma'lum qildi.

Matbuot xizmatida ma'lum qilinishicha, boshqa bir farmonga ko‘ra gruziyalik siyosatchi Ukraina prezidentining shtatdan tashqari maslahatchisi lavozimidan ham ozod etilgan.

Gruziyaning sobiq prezidenti Saakashvili 7 noyabrda o‘z lavozimidan ketishini ma'lum qilgandi. U o‘zining bu qarorini davlatning birinchi shaxslarining korrupsiyaga aloqadorligi sababli bu illat bilan kurashish imkoni yo‘qligi bilan tushuntirgan.

Saakashvili 2015 yilning 30 may kuni Odessa viloyati gubernatori etib tayinlangan, o‘sha kuniyoq unga Ukraina fuqaroligi berilgan.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid