Tbilisi sudi Gurjistonning sobiq prezidenti Mixail Saakaşvilini çegarani noqonuniy kesib ötganlikda ayblab, 4 yilu 6 oyga ozodlikdan mahrum qildi. Mtavari TV xabariga köra, ötgan hafta çiqarilgan hukm bilan birga, sudya sobiq prezidentni 12 yilu 6 oyga hukm qilgan.

Gurjistonda jazoni qöşiş prinsipi qöllaniladi va qamoq muddati hibsga olingan paytdan boşlab hisoblanadi. Şunday qilib, Saakaşvili kamida 2034 yil apreligaça panjara ortida qoladi.

Saakaşvili hozirgi vaqtda Tbilisidagi Viva Medi klinikasida davolanmoqda va sud mahkamasida iştirok etmadi. Advokatlarning sözlariga köra, sudlanuvçi onlayn iştirok etib, yakuniy söz aytmoqçi bölgan, biroq noma’lum sabablarga köra rad etilgan.

Ukraina pasportini olgaç, Gurjiston fuqaroligidan mahrum qilingan Saakaşvili 2021 yil oktabr oyida yaşirinça vataniga qaytdi va oradan köp ötmay hibsga olingan edi. Unga bir qança jinoyatlar, jumladan, çegarani noqonuniy kesib ötiş böyiça ayblov qöyildi: Gurjiston prokuraturasi xabar berişiça, Saakaşvili Ukrainadan Poti portiga kemada yetib kelgan, uni yuk maşinasi yordamida sut mahsulotlari solingan tirkama bilan tark etgan va şu tariqa Gurjistonga kirgan.

12 mart kuni sud Saakaşvilini katta miqdorda budjet mablağlarini özlaştirişda aybdor deb topib, 9 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Tergov ma’lumotlariga köra, siyosatçi budjetdan 9 million larini (taxminan 5 million dollar) şaxsiy ehtiyojlariga, ya’ni qimmatbaho kiyim-keçak sotib olişga, maşina ijaraga olişga, öğlining öqişi uçun pul tölaşga va hokazolarga sarflagan. Gurjistonga qaytişdan oldin ham, 2018 yilda Saakaşvili qotillikda ayblangan politsiyaçilarni afv etişda vakolatini suiiste’mol qilgani uçun 6 yilga, deputat Valeriy Gelaşvilini kaltaklagani uçun esa 3 yilga sirtdan qamoq jazosiga hukm qilingan edi.

Saakaşviliga qarşi yana bir iş körilmoqda - 2007 yil 7 noyabrdagi muxolifat mitingini tarqatiş böyiça.