Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiya va Hindiston atom energetikasida hamkorlik qilish haqidagi kelishuvni imzoladi
Yaponiya va Hindiston tinch maqsadlarda atom energetikasi sohasida hamkorlik qilish haqidagi kelishuvni imzoladi. Bu kelishuv bu sohadagi yapon texnologiyalari va qurilmalarini yadroviy qurolni tarqatmaslik haqidagi kelishuv ishtirokchisi hisoblanmaydigan Hindistonga yetkazib berishni ko‘zda tutadi, deb xabar bermoqda "Kiodo" axborot agentligi.
Kelishuv Tokioda Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe va Hindiston bosh vaziri Narendra Modi o‘rtasidagi muzokaralardan keyin imzolandi. Abening ta'kidlashicha, ushbu hujjat Hindiston tinch atom energetikasining rivojlanishini ta'minlaydi. Modi esa "bu kelishuv Yaponiya bilan toza energiya manbalari sohasidagi aloqalarni rivojlantirish uchun tarixiy qadam" bo‘lganini ta'kidlab o‘tdi.
Axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, Yaponiyaning ba'zi jamoatchilik tashkilotlari Hindiston bilan imzolangan bu kelishuvga qarshi chiqdilar. Ularning fikricha, kelishuv 2011 yil martida Yaponiyaning "Fukusima-1" AESidagi avariyadan keyin atom energiyasi xavfsizligi borasidagi xavotirlar hisobga olingan holda Yaponiya qo‘llab-quvvatlaydigan yadroviy qurolni tarqatmaslik maqsadlariga qarshi keladi.
Biroq kelishuvga ilovada Yaponiya bilan hamkorlik Hindiston tomondan harbiy maqsadlarda qo‘llanmasligi ko‘zda tutilgan. Hindiston tomondan yadroviy sinovlarga taqiqlov buzilgan holatda, Tokio atom sohasida hamkorlikni to‘xtatadi.
Kelishuv kuchga kirguncha Yaponiya hukumati uni 2017 yilda parlamentda ratifikatsiya qilishga umid bildirmoqda.
Axborot agentligining qayd qilishicha, Abe va Modi shuningdek 2023 yilgacha Hindistonning Mumbay va Ahmadobod shaharlarini Yaponiyaning sinkansen (tezkor magistrallari) texnologiyasi yordamida super-ekspresslar uchun 500 km lik yuqori tezlikdagi temir yo‘l bilan bog‘lash loyihasini imzoladilar. 12 noyabrda ikkala bosh vazir bunday ekspressda Kobe shahriga sayohat qilishadi va Yaponiyada tezkor poyezdlar quruvchi Kawasaki Heavy Industries kompaniyasi zavodiga tashrif buyurishadi
Agentlik Yaponiya hukumatidagi manbalarga iqtibos keltirgan holda ma'lum qilishicha, Abe Hindiston bilan mudofaa va terrorchilikka qarshi kurash sohalarida ham hamkorlikni kengaytirishga umid qilmoqda.
Mavzuga oid
18:39 / 16.06.2026
Hindistonda tibbiyot oliygohlariga kirish imtihonlari paytida Telegram bloklandi
18:57 / 15.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun 230 mln dollar kredit ajratadi
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
20:36 / 06.06.2026