Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an: AQSh bin Lodinni sud qarori bilan yo‘q qildimikan?
Foto: © EPA
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning ta'kidlashicha, Anqara terrorchilarni AQShga topshirayotgani kabi, Vashington ham Fathulloh Gulenni Turkiyaga topshirishi kerak. U Qatarning Al Jazeera telekanaliga bergan intervyusida shunday bayonot bergan.
U AQShga "Gulenning aybini tasdiqlovchi 85 quti ma'lumotlar yuborilgan"ini aytar ekan, Vashington ham o‘z vaqtida Usoma bin Lodinni o‘ldirishda sud qaroriga asoslangani yoki yo‘qligiga qiziqqan.
"Biz AQShga, ular so‘ragan terrorchilarni beramiz, ammo ular, afsuski, bunday qilishmaydi. Gulen hamon Amerika himoyasida. Ular esa, bizga sud qarori kerakligini aytishmoqda. Nima, bin Lodinni o‘ldirishganida sud qarori bormidi?" – degan turk yetakchisi.
"Ular bin Lodinni ovlash uchun boshqa bir mamlakatga borishdi, to‘g‘rimi? Nima uchun? Chunki, u terrorchi edi", - degan Erdo‘g‘an. Uning qo‘shimcha qilishicha, "Turkiya AQShning jinoyatchilarni topshirish borasidagi o‘nta so‘rovining deyarli barchasini ijro etgan".
"Bizlar strategik hamkorlarmiz. Unga muvofiq, siz terrorchini topshirishni so‘rasangiz, biz bu so‘rovni amalga oshirishimiz kerak. Biz so‘zimizda turayapmiz. Gulen tashkiloti a'zolari esa, doimo Amerikaga, g‘arb davlatlariga borib-kelishadi. Ularni hech kim bizga topshirayotgani yo‘q. Bu noto‘g‘ri", - degan Turkiya prezidenti.
Mavzuga oid
08:33 / 07.05.2026
Obama nima uchun AQSh o‘zga sayyoraliklarni yashira olmasligini tushuntirdi
08:24 / 07.05.2026
Epshteynning o‘limidan oldingi ehtimoliy xati surati e’lon qilindi
23:45 / 06.05.2026
Eron yana BAAga raketa otdi: Tehron Trampni mensimayaptimi?
21:16 / 06.05.2026