Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fortune jurnali yil tadbirkorini aniqladi
Fortune jurnali dunyoda tadbirkorlar orasidan eng yaxshilarini aniqlab oldi va «Yil tadbirkorlari» reytingini e'lon qildi. Ro‘yxat nashrning saytiga joylashtirilgan.
«Bu yilgi yetakchini tanlash jarayoni bizni, 32 yosh bo‘lganiga qaramay, 375 mlrd dollarlik, 22 mlrd dollar daromad ko‘ruvchi hamda 1,8 mlrd foydalanuvchiga ega kuchli kompaniyani barpo eta olgan — Facebook rahbari Mark Tsukerbergga olib keldi», — deyiladi Fortune xabarida.
Reyting mualliflarining so‘zlariga ko‘ra, Tsukerbergning muvaffaqiyati shuni namoyish etadiki, zamonaviy dunyo tobora ijtimoiy tarmoqlarga bog‘lanib qolmoqda. Biznesda esa, internet-kompaniyalar qisqa muddatda sezilarli hududlarni qamrab olishi mumkin.
Reytingning ikkinchi o‘rnida internet bilan bog‘liq yana bir kompaniya Amazon direktori Jyeff Bezos, uchinchida kosmetika va parvarish mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi Ulta Beauty kompaniyasi ijrochi direktori Meri Dillon joylashdi.
Mavzuga oid
08:17 / 01.06.2026
Elektr energiyasiga talab oshib bormoqda: dunyo reytingi taqdim etildi
08:05 / 15.05.2026
Dunyodagi eng yirik portlar reytingi e’lon qilindi
08:17 / 11.05.2026
Mis zaxiralari qaysi davlatlarda to‘plangan? Jahon reytingi
08:38 / 22.04.2026